Saudiya Arabistoni Eronni koronavirus tarqatishda aybladi
Tehron tomonidan Saudiya Arabistoni fuqarolarining pasportlariga mamlakatga kelganliklarini tasdiqlovchi belgi qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qarori sabab Saudiya Eronni dunyo bo‘ylab koronavirus tarqatayotganlikda aybladi.
Bu haqda Saudiya hukumatining mamlakat milliy axborot agentligi – SPA xabar berdi.
“Butun dunyoda yangi turdagi virus tarqalayotgan bir paytda Saudiya Arabistoni fuqarolari pasportlariga Eron hududini kesib o‘tganligini bildiruvchi belgi qo‘ymasdan o‘tishiga ruxsat bergani uchun Eron hukumatini qoralaydi. Shu tariqa Eron yangi aniqlangan koronavirus holatlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgardir. Kasallikning dunyo bo‘ylab tarqalishi va inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi, kasallikka qarshi kurashish uchun olib borilayotgan xalqaro sa’y-harakatlarga putur yetkazadi”, deya to‘xtalib o‘tgan Saudiya Arabistoni hukumati vakili.
U 1 fevraldan buyon Eronga maxfiy tashrif buyurgan saudiyaliklar ismini oshkor etishni talab qildi.
Qirollik hukumati so‘nggi haftalarda Eronga borib qaytgan barcha saudiyaliklarni tibbiy ko‘rikdan o‘tishga chaqirdi va Eronga borish taqiqini buzishga haddi siqqan har kimga jiddiy jazo qo‘llanilishini ta’kidladi.
Qirollik hududida kasallanganlar soni 5 nafarga yetdi.