Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi bo‘ldi

Shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi vazifasida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Abdullayev o‘z arizasiga binoan uyushmaning navbatdan tashqari konferensiya yig‘ilishi qaroriga muvofiq lavozimidan ozod etilgan.

Uyushma raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib respublika Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari Jamshid O‘roqov tayinlandi.

J.O‘roqov salkam 4 yil davomida (2019-2022 yillar) Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2022 yil dekabr oyida respublika Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.