Sayyor qabulda 33 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi
Samarqand viloyati sudlari raislari o‘tkazgan sayyor qabulda 33 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilinib, 16 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ish tugatilgan.
Kecha, 19 noyabr kuni Samarqand shahar Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan uchrashuv, davra suhbati va sayyor qabullar tashkil qilindi.
Sayyor qabul jarayonida 63 ta murojaat ro‘yxatga olindi. Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha 36 ta murojaatdan 33 tasi ijobiy hal qilindi, 3 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha 8 ta murojaatdan 7 nafariga huquqiy tushuntirish berilib, 1 nafarining arizasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha 18 murojaatchining 2 nafariga huquqiy tushuntirish berilib, 16 ta masala ijobiy hal qilindi.
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha 1 ta murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi.
Sayyor sudlarda 33 nafar shaxs JKning 73-74-moddalariga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi. Ma’muriy ishlar yuzasidan 16 nafar shaxsga nisbatan ishlar MJtKning 271-moddasi 11-bandiga asosan tugatildi.