Sektor rahbarlarining “Yo‘l xaritasi”da...

• sektor rahbari ta’lim muassasalariga oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilarini, yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar va madaniyat xodimlarini biriktirishi mumkin.

• 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab “Ayollar sport festivali” sektor birinchiligini o‘tkazadi.

• har bir sektor rahbari tomonidan mahallalarda bo‘sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik sub’yektlariga berish orqali aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratadi.

Sektor rahbarlari ishini kimlar baholaydi?

Sektorlarning ishlarini muvofiqlashtirish, “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va sektor faoliyatini baholash yuzasidan doimiy monitoring tizimi o‘rnatiladi.

Viloyat hokimligi huzurida tuman (shahar) sektorlari faoliyatini monitoring qilish guruhi tuziladi.

Guruh tarkibiga yuqori turuvchi prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq organlari xodimlari, xalq deputatlari viloyat va tuman (shahar) Kengashlari deputatlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari kiritiladi.