4-sektor rahbari pastdarg‘omliklarning muammolarini o‘rgandi
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Shodiyor Ahmedovning navbatdagi sayyor qabuli Past Darg‘om tumanining Zangiboyi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot shaklida kechgan tadbirda fuqarolarning yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, mahalla hududida maktabgacha ta’lim tashkilotini ochish, eskirgan simyog‘ochlarni yangilash, qo‘shimcha transfarmator o‘rnatish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
- Mahallamiz hududidagi simyog‘ochlar juda eskirgan, - deydi Boltali MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Qozoqboy Qilichev. - Bugungi sayyor qabulda ushbu masalada murojaat qildim. Ba’zi simyog‘ochlar shu darajada eskirganki, sim ushlab turibdi, xolos. 4-sektor rahbari viloyat va tuman mutasaddilari orqali ushbu muammomizni yechishda amaliy yordam berishini aytdi.
Murojaatlarning aksariyati bo‘yicha joyida tushuncha berilgan bo‘lsa, qolgan qismi amaliy yechimini topish uchun mutasaddi idora va tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.