Ikkinchi sektor rahbari ishga chiqdi va fuqarolarni qabul qildi

Samarqand viloyatining to‘rt sektori rahbari 28 yanvargacha davolanish ta’tiliga chiqqani haqida xabar bergandik.

Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, viloyat prokurori, ikkinchi sektor rahbari R.Masharipov ta’tildan so‘ng ishga chiqqan hamda 29 yanvar kuni yuridik va jismoniy shaxslar uchun qabul o‘tkazdi.

Unda 27 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, 15 nafar fuqaroga murojaatlari bo‘yicha qonuniy tushuntirishlar berildi, 12 nafar fuqaroning yozma murojaati olindi.

Qabul qilingan murojaatlarning bittasi uy-joy, 6 tasi tergov va surishtiruv, 5 tasi sud qarorlari va sud qarorlarining ijrosi yuzasidan bo‘ldi.

12 ta murojaat ko‘rib chiqish uchun viloyat prokuraturasi ish yurituviga qabul qilindi.