Senator Paxtachiga nega bordi?

Paxtachi tumani markazi - Ziyovuddin shaharchasida “Obod markaz” dasturi asosida qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshevning ushbu tumanga tashrifi bu yerda olib borilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlarini kuzatishdan boshlandi.

Senator tuman hokimi Muzaffar Hamdamov bilan dastlab Qudrat Suyunov jasorati xotira maydonida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Tuman markazidagi "Matbuot uyi", mahalla markazi va ko‘p qavatli uylardagi qurilish ishlari, bugungi pandemiya davrida ishchilarning zarur himoya vositalari bilan ta’minlangan holda mehnat qilishi senator e’tiboridan chetda qolmadi.

Tomorqaga ekin ekayotgan va unumli foydalanayotgan aholi xonadonlarini ko‘zdan kechirish davomida tomorqa sohiblariga zarur bo‘lsa urug‘lik, mineral o‘g‘it, mahsulot sotish bilan bog‘liq masalalarda tuman hokimligi bilan hamkorlikda ko‘mak berilishi yo‘lga qo‘yilganini tushuntirdi.