Sharqiy Osiyoda koronavirus ko‘paymoqda
- 16.05.2021 19:26
- 50
- Xorij
Tayvan hukumati orolda pandemiya davridan buyon COVID-19 bilan kasallanishning keskin o‘sishi fonida qattiq cheklov joriy etdi. Karantin vahimasida mahalliy aholi do‘konlarni bo‘shatib, oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiralashga shoshildi. O‘tgan yilning oxirida orolga koronavirusga muvaffaqiyatli qarama-qarshilikning namunasi sifatida qaraldi. Ammo kasallik to‘lqini uni ham chetlab o‘tmadi.
COVID-19 kasalligining ko‘payishi va natijada sanitariya choralarining kuchaytirilishi yana bir xitoyzabon yirik shahar - Singapurda kuzatilmoqda.
Hindistonning ikkita eng yirik shaharlari - Mumbay va Dehlida esa yangi kasallanganlar kunlik o‘sishi birmuncha pasaydi. Ammo Hindiston hukumati mamlakat aholisining uchdan ikki qismi istiqomat qiluvchi qishloq joylarda kasallanish ko‘payishi haqida ogohlantirdi. O‘tgan bir sutka davomida Hindistonda COVID-19 dan 3890 kishi vafot etdi.