Pelosi Tayvanga bo‘lib o‘tgan tashrifi maqsadini ilk bor oshkor qildi
Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi boshchiligidagi AQSh Kongressi delegatsiyasining Tayvanga tashrifidan maqsad mintaqada mavjud status-kvo (asl holida qoldirish)ni tasdiqlash istagi bo‘lgan.
Bu haqda kecha, 10 avgust kuni Pelosi va Kongressning Osiyoga safarining boshqa ishtirokchilari jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.
“Tayvanga tashrifimizdan maqsad biz saqlab qolgan status-kvoga asoslangan mustahkam munosabatlarni yana bir bor tasdiqlash edi. Bundan chekinish yo‘q, ammo biz Xitoyning Tayvanni izolyasiya qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz", dedi Pelosi.
O‘z navbatida, Vakillar palatasining tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Gregori Miks ham Tayvandagi qonunchilar Kongressda orol bilan bog‘liq qonun loyihalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirganini aytdi. “Status-kvoni o‘zgartirmoqchi emasmiz, biz buni Pekinda ko‘ryapmiz”, — dedi Miks.
XXR orolni o‘z provinsiyasi deb hisoblaydi va Taybey vakillarining amaldagi amaldorlar, ayniqsa, yuqori martabali amaldorlar yoki Pekin bilan diplomatik aloqada bo‘lgan mamlakatlar harbiylari o‘rtasidagi har qanday aloqaga doimo qarshi chiqadi.
Xitoy allaqachon milliy suverenitet va hududiy yaxlitlikni himoya qilish uchun qat’iy choralar ko‘rishini ma’lum qilgan. Xitoy Xalq Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Chjan Szyunning so‘zlariga ko‘ra, “Tayvan Xitoy hududining ajralmas qismi”, hududiy yaxlitlik masalasi esa “qizil chiziq”dir.