Xitoy Tayvanga 20 ta samolyot uchirdi
Mintaqadagi keng ko‘lamli mashg‘ulotlar fonida Xitoy Tayvan tomon 20 ta samolyot jo‘natdi, deb xabar bermoqda G‘arb OAVlari.
Xususan, Pekin va Taybey nazorati ostidagi zonalarni ajratib turuvchi Tayvan bo‘g‘ozidagi chiziqni 14 ta samolyot kesib o‘tdi. O‘z navbatida, XXR aviatsiyasini orolga keyingi yaqinlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirish sifatida Tayvandan ham qiruvchi samolyotlar ko‘tarildi.
Tayvan mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Tayvan atrofida 14 ta Xitoy kemasi faol bo‘lgan.
Avvalroq Tayvan hukumati Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi (PLA) mashg‘ulotlariga javoban dengiz va havo patrullarini tashkil qilib, quruqlikdagi havo hujumidan mudofaa tizimlarini joylashtirgan edi.
AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining shu hafta orolga qilgan tashrifiga javoban PLA Tayvan atrofidagi oltita hududda 4-7 avgust kunlari jangovar harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda, bu esa Pekin tomonidan mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitlik huquqlarini qo‘pol ravishda buzish sifatida tavsiflangan. Mashg‘ulotlar davomida Tayvan ustidan ballistik raketalar uchirilgan.
Eslatib o‘tamiz: Tayvan mojarosi 1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilingan va Xitoy Gomindan partiyasining bir qismi Tayvan oroliga joylashib, orolga Tayvandagi Xitoy Respublikasi deb nom berilganda boshlangan. Pekin Tayvan masalasida XXR va Xitoy Respublikasini bir vaqtda tan olish mumkin bo‘lmagan “yagona Xitoy tamoyili”ni talab qilmoqda.