Shavkat Mirziyoyev Pokiston xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Karachi shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alvi va Bosh vaziri Imron Xonga ta’ziya maktubi yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari Pokiston xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, kecha Pakistan Airways aviakompaniyasining Airbus A320 yo‘lovchi samolyoti Karachi aeroporti yaqinida turar joy kvartaliga qulab tushgan. Samolyot bortida 90 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani aytilmoqda.