Shifokor qora nonning zarari haqida to‘xtaldi
Qora non odatda 2-toifa diabetli bemorlarga tavsiya etiladi. Bunda javdar non oq non o‘rnini bosadi. Ammo ingliz diyetologi Maykl Mozlining aytishicha, bunday "almashtirish" ham qondagi qand miqdorini oshirishi mumkin. Uning so‘zlari Yexpress nashri tomonidan keltirilgan.
Do‘konlarda qora non, deb bo‘yalgan nonni sotishi ham mumkin. Qonda glyukoza miqdorini oshirib yuboruvchi, ta’mni yaxshilovchi xushbo‘y qo‘shimchalar qo‘shilgan bunday non hatto batondan ham zararliroq. Mozlining so‘zlariga ko‘ra, qandli diabetga chalingan kishilar uchun dukkakli va donli mahsulotlar: bulg‘ori, javdar, arpa, guruch, grechka iste’mol qilish foydaliroq.
Mutaxassis ta’kidlaganidek, aynan shu mahsulotlar murakkab uglevodlarni o‘z ichiga oladi va sekin qonga singib, shakar darajasining chiqishi to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birga, ular tarkibida ichak mikroflorasini saqlash uchun zarur bo‘lgan tolalar mavjud.
Gastroenterologlar qora non ayrim hollarda organizm uchun zararli bo‘lishi mumkin. Qora non oshqozon yarasi bilan kasallangan kishilarga tavsiya etilmaydi. Shuningdek, oshqozon kislotasi baland bo‘lganda, zarda keltirib chiqargani sababli iste’mol qilmagan ma’qul. Tarkibidagi achitqi meteorizmni keltirishi tufayli ichak faoliyati buzilgan kishilarga ham yeyish mumkin emas. Albatta, allergiyasi borlar achitqi qo‘shilgani bois iste’mol qilmagan yaxshi.
Avvalroq, shifokor Elizabet Salada 2-toifa diabetni tashqi belgilar orqali aniqlash usulini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sarg‘ich tirnoq va onikomikoz kasalligi kabi tirnoq plastinasining gribokli shikastlanishi diabet kasalligi mavjudligini anglatadi.