Shifoxona atrofi chiqindilardan tozalandi

Bugun - 6 avgust kuni "Zarnews.uz" saytida chop etilgan "Loyish shaharchasidagi holat tuman rahbarlarini qachon sergak torttiradi?" sarlavhasi ostida tanqidiy maqola Oqdaryo tuman hokimligi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Maqolada ko‘tarilgan masala va muammolarning yechimi hamda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezda zarur choralar ko‘rildi. O‘z vazifasini qoniqarsiz bajargan mutasaddilar ogohlantirildi. Yo‘l va ariqlar chiqindilardan tozalandi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati.