Loyish shaharchasidagi holat tuman rahbarlarini qachon sergak torttiradi?
- 06.08.2019 10:24
- 180
- Jamiyat
Shu yilning 23 iyulida saytimizda "Loyish shaharchasida betartibliklarga qachon barham beriladi?" sarlavhali maqola e’lon qilingan edi.
Oradan, mana, ikki hafta o‘tdi hamki tuman markazidagi ahvol hamon maqolada keltirilgan holicha turibdi: piyodalar yo‘laklarini avtomashinalar egallagan, yo‘l va ariqlar chiqindiga to‘la. Ko‘cha savdosini nazorat qilish soliq nazoratchilarining esiga ham kelmaydi.
Eng achinarlisi, tuman tibbiyot birlashmasiga kirish darvozasi oldida turli xil chiqindilar sochilib yotibdi. Aslida bu joy ko‘pchilik uchun namuna bo‘ladigan toza, ozoda joy bo‘lishi kerak emasmi?
Nazarimizda, tuman mutasaddilari, sektor rahbarlari yo bu joydan o‘tmaydi, yo bu holatga barham berishga hafsala qilmaydi...
Baxtiyor MUSTANOV.
Teglar:
Loyish