Shifoxonalarda davolanayotgan mingdan oshiq bemordan 10 nafarining ahvoli og‘ir
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorlar haqida ma’lumot berdi:
– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 4 ming 695 nafarga yetdi. 10 iyun kuni 73, kasallik qayd etilgandan buyon 3 ming 532 nafar, ya’ni 76 foiz bemor to‘liq sog‘aygan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 1 ming 144 bemor davolanmoqda, 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.
Surunkali kasalliklari bor shaxslarda kasallik og‘ir kechadi. Bemorlarning tibbiyot muassasalariga kech murojaat qilishi, o‘z-o‘zini davolashga urinishi ham salbiy holatlarga olib kelyapti. Bunday paytda tibbiyot ham ojizlik qiladi. Shuning uchun kasallik alomatlari sezilishi bilan shifokorlarga murojaat qilish, kasallik organizmni yengib olmasidan tegishli muolajalarni boshlash lozim.