Shirkatlar tomonidan 7,4 milliard so‘m maqsadsiz sarflangan

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, vazirlik huzuridagi inspeksiyasining Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining majburiy badal va kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanishga oid 2020 yildagi faoliyati o‘rganishlari yakuniga ko‘ra, 465 holatda 7,4 milliard so‘mlik mablag‘ maqsadsiz sarflanganligi aniqlangan. Shulardan 9 holatda noqonuniy ravishda sarflangan 837,7 million so‘mlik mablag‘ aybdor shaxslardan shirkatlar foydasiga qaytarilgan.

16 holatda 282,4 million so‘m ish hajmiga qo‘shib yozilganligiga oid muammolar joyida bartaraf etilgan.

136 holatda 5,6 milliard so‘mlik mablag‘larni talon-toroj qilganligiga oid to‘plangan hujjatlar chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborilgan.