Shohsanam jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi

Qozog‘istonning Almati shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati bellashuvlari o‘z g‘oliblarini aniqladi. 

Mazkur nufuzli chempionatda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz safida Jomboy tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi o‘quvchisi 16 yoshli Shohsanam Safarova 50 kilogramm vazn toifasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Mustaqilligimizning 28 yilligiga munosib sovg‘a hozirladi.