Shvetsiyada shifokorlar ishdan bo‘shamoqda
Sog‘liqni saqlash xodimlari uyushmasi rahbari Sineva Ribeyroning aytishicha, Shvetsiyada juda ko‘p shifokorlar asosan toliqish va silla qurishi tufayli ishdan ketishi oqibatida shifokorlar yetishmasligi kelib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada mamlakat kasalxonalarida nafaqat o‘rin-joy, balki bemorni parvarish qiladigan xodim yetishmasligi muammosi ham avj oladi. Ayni paytda bahorgi koronavirus pandemiyasining birinchi to‘lqini davriga nisbatan shifokorlar yanada kamaydi. Vaholanki, Stokgolmda intensiv terapiya palatalarining 99 foizi allaqachon band.
Mamlakatda faoliyat yuritayotgan meditsina xodimlari orasida holdan toyish, darmonsizlanish holati, shuningdek, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar ham bor. «O‘ta toliqqan holda, ish joyini tark etmay, halovat bilmay ishlash xatoliklarga olib kelishi, shubhasiz. Bunday xato bemor o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin», deydi Sineva Ribeyro.
Shvetsiyaning pandemiya sharoitida bank tizimida pul yetishmovchiligini tan olgan moliya organlari koronavirus karantini joriy etishdan bosh tortganligini xabar qildi noyabr oyida Bloomberg agentligi. Binobarin, yalpi ichki mahsulot o‘sishi ko‘rsatkichlari tushayotgani nafaqat Shvetsiyada, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham qayta ko‘rib chiqiladi.
Shvetsiya koronavirus sababli qattiq cheklovlar qo‘ymagan kamsonli davlat (Yevropa Ittifoqida yagona)lardan biri hisoblanadi. Mamlakat hukumati aholi o‘rtasida jamoaviy immunitetni shakllantirish va iqtisodiyotga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik harakatida.