"Silk road Samarkand" xalqaro turistik markazida "Navro‘z regata" festivali o‘tkazildi
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti, “Silk Road Samarkand” xalqaro turistik markazi, Shimoliy-Sharqiy energetika universiteti (Xitoy), “Stekloplastik” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etilgan festivalda O‘zbekiston va Xitoy hunarmandlarining yarmarkasi, sumalak sayli, varraklar shousi, o‘zbek, xitoy, koreys milliy o‘yinlari va choy marosimlari o‘tkazildi.
Festival davomida san’atkorlar va ijodkor talabalarning yorqin chiqishlari, raqs hamda teatr tomoshalari tadbir qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, festival doirasida Markaziy Osiyoda ilk bor “Dragon Boat Regata” musobaqasi o‘tkazildi. Unda "Ajdarho" qayiqlari, baydarka, kanoe va akademik qayiqlar flotiliyasining yurishi namoyish etildi.