Siyosiy partiyalarning Samarqand viloyatidagi rahbarlari
Mustaqil O‘zbekistonning dastlabki kunlaridan faoliyat boshlagan Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashining raisi Majidxon To‘raxonovich Usmonov.
1956 yilda Oqdaryo tumanida tug‘ilgan M.Usmonov 2017 yil 18 apreldan buyon XDP viloyat kengashi raisi lavozimida ishlamoqda.
Viloyatda eng ko‘p a’zolarga ega O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat Kengashining raisi Sherali Mamaraimovich Yuldashev.
1971 yilda Xatirchi tumanida tug‘ilgan Sh.Yuldashev 2019 yil 7 maydan buyon O‘zLiDeP viloyat kengashi raisi lavozimida ishlamoqda.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat Kengashining raisi Muhiba Klichovna Bababekova.
1962 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan M.Bababekova 2018 yil 28 fevraldan buyon “Adolat” SDP viloyat Kengashi raisi lavozimida ishlamoqda.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi lavozimi ayni paytda vakant. Bungacha ushbu lavozimda ishlagan Zebuniso Shodiyeva 4 oktyabr kuni partiyaning navbatdagi plenumida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Ayni paytda partiya viloyat Kengashini Kengash Ijroiya qo‘mitasi devoni rahbari Azim Pardayevich Soliyev boshqarmoqda. A.Soliyev 1965 yilda Jomboy tumanida tug‘ilgan.
Boshqa partiyalarga nisbatan ancha yosh va ayni paytda yangi Ekologik partiyasi viloyat Kengashining raisi Azamat Erkinovich Kuraxmedov.
1971 yilda Payariq tumanida tug‘ilgan A.Kuraxmedov 2019 yil 2 oktyabrdan ushbu lavozimda faoliyat boshlagan.