Necha yoshdan mahalliy kengashlarga deputat bo‘lish mumkin?
- 03.10.2019 17:11
- 2283
- Siyosat

Samarqand ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida O‘zLiDeP viloyat kengashi tashabbusi bilan “Mening birinchi ovozim” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda ushbu savol yoshlar tomonidan o‘rtaga tashlandi.
Ta’kidlandiki, 21 yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga ega, aholi o‘rtasida hurmatga sazovor fuqarolar viloyat, tuman va shahar kengashlariga deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishi mumkin. 18 yoshga kirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘zi tanlagan partiyaga a’zo bo‘lish huquqiga ega.
Tadbirda siyosiy partiyalar, saylovlar, deputatlar faoliyatiga oid qiziqarli viktorina o‘yinlari tashkil etildi. Savollarga batafsil javob bergan yoshlarga partiyaning estalik sovg‘alari topshirildi.
Baxtigul QARSHIYEVA.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Кибр ила исроф — камбағалликкелтиради
- Kecha, 16:07
- Mutolaa
Mutolaa: Xaloskor
- 29/03, 21:04
- O'qing, qiziq!
Ramazon hayiti – ezgulik va birdamlik bayrami
- 29/03, 15:32
- Jamiyat