"Snos"ga tushgan noturar joy egasiga tovon puli berilgan
- 11.09.2020 22:25
- 490
- Dolzarb
Samarqand shahrining Amir Temur ko‘chasidagi Samarqand davlat tibbiyot institutining 800 o‘rinli yangi barpo etilgan o‘quv binosi oldidagi shaharsozlik talabiga javob bermaydigan sobiq qahvaxona fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining hamda Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limining qarori bilan buzilmoqda.
Ancha vaqtdan buyon davom etib kelgan ushbu nizoli ish joriy yilning 3 iyun kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudining ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, davogar — shahar hokimligi foydasiga hal etilgan edi. Mas’ullarning ma’lum qilishicha, javobgar - noturar joy ob’yektining egasi V.Elona ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lmaganligi sababli uning nomiga ochilgan hisob raqamga tovon puli o‘zkazib berilgan.
Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabarida ma’lum qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa