Samarqandda uyi va do‘koni buzilgan fuqaroga 1,5 milliard so‘mdan ko‘proq kompensatsiya undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2021 yil 26 yanvardagi qaroriga asosan qarzdor N.O.ning foydasiga buzilishga tushgan uy-joy va shu manzilda joylashgan savdo do‘konining qurilishiga ketgan sarf-xarajatlar uchun 1 milliard 514 million 919 ming so‘m kompensatsiya undirish belgilangan.
Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga ko‘ra qarzdor Samarqand shahar hokimligi bo‘lgan.
Ijro ishi yurituvi davomida qonunning 71-moddasiga asosan davlat ijrochisi tomonidan Samarqand shahar hokimligiga 1 milliard 514 million 919 ming so‘m kompensatsiya pullarini to‘lab berish majburiyat yuklatilgan.
Shuningdek, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra qarzdorlarga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash uchun muddat berilgan.
Bu haqda ijro hujjati ijrosini ta’minlash bo‘yicha Samarqand shahar hokimligiga eslatma xati yuborilgan. Ijro tadbirlari davomida 1 milliard 514 million 919 ming so‘m kompensatsiya pullari to‘liq undirilib, undiruvchi N.O. ga to‘lab berildi. Shu bois, ijro hujjati amaldagi tartibga asosan tamomlangan.
Mirzohid Ortiqov,
Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi.