So‘x tumani hokimi o‘zgardi

Bugun Farg‘ona viloyati So‘x tumanida navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

“2019 yildan buyon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlandi”, deyiladi O‘zA xabarida.

U 1970 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti, IIV akademiyasini tamomlagan. Quva, Beshariq tuman hamda Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i hamda viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirliklar va viloyat boshqarmalar rahbarlari So‘x tumanida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdi.