Taksi xizmatini ko‘rsatayotgan “Spark” yonib ketdi

Joriy yilning 14 oktyabr kuni soat 23 dan 40 daqiqa o‘tganda Navoiy shahar Islom Karimov ko‘chasida harakatlanib ketayotgan, fuqaro Sh.X. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.

Xabar asosida voqea joyiga bitta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linma chaqirilgan manzilga besh daqiqada yetib borgan va yong‘in soat 23:46 da qurshab olinib, soat 23:48 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida “Uchtut Navbahor ko‘rki” uyushmasiga qarashli “Spark” rusumli avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan.

FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.