Stikerni qalbakilashtirganlik uchun qanday jazo bor?

Avtotransport vositalari uchun berilgan stikerlardan maqsadli foydalanish ustidan o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida avtotransportni qalbaki stikerdan foydalangan holda boshqarish holatlari aniqlanmoqda.

Jinoyat kodeksining 228-moddasiga ko‘ra, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki sotish:

- 11 million 150 ming so‘mdan 22 million 300 ming so‘mgacha miqdorda jarima;

- 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

• takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

• bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, sodir etilgan bo‘lsa:

- 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

- 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

- 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish:

- 5 million 575 ming so‘mdan 11 million 150 ming so‘mgacha miqdorda jarima;

- 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

- 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

- 2 yilgacha ozodlikni cheklash;

- 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.