1 avgustdan jarimalar miqdori oshadi

Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 412 000 so‘m etib belgilandi. Shu sababli ertaga, 1 avgustdan haydovchilarga jarimalar miqdori ham o‘zgaradi.

Eng ommabop jarimalar miqdori quyidagicha bo‘ladi:

Kamar taqmaslik – 206 000 so‘m

Texnik ko‘rik yoki dori qutisi bo‘lmaslik – 206 000 so‘m

Hujjatsiz haydash – 412 000 so‘m

Sug‘urtasiz mashina boshqarish – 412 000 so‘m

Svetaforning qizil chirog‘ida o‘tish – 1 236 000 so‘m

Noto‘g‘ri parkovka – 824 000 so‘m

Telefonda gaplashish – 1 236 000 so‘m

Avtomobilni davlat raqamisiz boshqarish – 2 060 000 so‘m;

Tezlik (+20 km/soat) – 412 000 so‘m;

Qarama-qarshi yo‘lda haydash – 4 120 000 so‘m;

Mast holatda mashina haydash – 16 480 000 so‘mgacha yoki 3 yilgacha diskvalifikatsiya;

Ruxsatsiz tonirovka – 10 300 000 so‘m.