53 ta jarimasi bo‘lgan qidiruvdagi "Gentra" avtomobili ustaxonadan ehtiyot qismlarsiz topildi
- 30.10.2024 17:39
- 211
- Jamiyat
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ma’muriy jarimalari mavjud bo‘lgan avtomashinalarni aniqlash va ularni vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, yuqoridagi "Gentra" avtomobili haydovchisining 53 ta ma’muriy jarima hamda 9 ta boshqa turdagi qoidabuzarliklari bo‘lsa-da, ularni o‘z vaqtida to‘lamagan va uning qarzdorligi 169 mln. so‘mni tashkil etgan.
Achinarlisi, tadbirda avtotransport vositasi Samarqand shahridagi ustaxonalarning biridan extiyot qismlarsiz xolatda topilib, vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Barcha jarimalar to‘langandan so‘ng, avtotransport vositasi jarima maydonchasidan chiqarilishi, aks holda, auksion savdolariga qo‘yilishi tushuntirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa