Ekologiya boshqarmasi: Suvni ifloslantirgan shaxslarga nisbatan jarima qo‘llanmoqda
- 16.09.2024 16:50
- 46
- Samarqand
Shu kunlarda viloyat tuman, shaharlaridagi avtomobillarni yuvish shoxobchalarida reyd tadbirlari uyushtirilib, qonun talablariga bo‘ysunmay, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay faoliyat olib borgan fuqarolarga ma’muriy jarimalar belgilanmoqda.
Jumladan, Kattaqo‘rg‘on tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari hamda prokuratura xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor kuzatuv reyd tadbirlari davomida bir qator holatlar qayd etilgan.
Xususan, Jumaboy, Tarnov, Do‘stlik mahalalarida yashovchi bir necha shaxslar chiqindili oqova suvlarni mahalliy ariqqa oqizib qo‘yishi va suvni ifloslantirayotganligi aniqlangan.
MJtKning 72-moddasi 1-qismiga binoan ushbu fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, har biriga 1 020 000 so‘m miqdoridan jarima qo‘llanilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bosh qonun, mezon, poydevor
- 30/11, 19:40
- Siyosat