Sug‘urta xizmatlari elektron tartibda ko‘rsatiladi

“Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, elektron turdagi sug‘urta xizmatlari (Ye-polis) yagona axborot tizimi tarkibida amalga oshiriladi.

2021 yil 1 iyulgacha yagona axborot tizimi tarkibida Ye-polislarni sotish va rasmiylashtirish bo‘yicha tegishli axborot modullari joriy etiladi.

Qaror bilan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha Ye-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish qoidalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ye-polisni sotish, rasmiylashtirish elektron ma’lumot almashish orqali sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida amalga oshiriladi.

2021 yil 1 martdan Moliya vazirligi sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha Ye-polisni sotish, rasmiylashtirishni amalga oshiradi.

Ye-polis qog‘oz shaklidagi shartnomaga (polisga) tenglashtirildi.