Tadbirkorlar “Damariq” dehqon bozori faoliyatiga asossiz aralashgan

Joriy yilning 28 sentyabrida Samarqand shahridagi “Damariq” dehqon bozori ma’muriyati va bozor binosini auksionda sotib olgan tadbirkor (investor)lar o‘rtasidagi ziddiyat hamda tartibsiz ko‘cha savdosiga barham berish yuzasidan “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etilgan ko‘rsatuv hamda Zarnews.uz telegram kanalida joylashtirilgan videolavha bo‘yicha quyidagi amaliy ishlar olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.
Samarqand shahar hokimligining 2018 yil 29 sentyabrdagi
1911 va 1913-sonli qarorlari bilan bozor binosini auksionda sotib olgan tadbirkor (investor)larga “Damariq dehqon bozori” ostida rekonstruksiya va savdo do‘konlari qurishga ruxsat berilgan. Qurilgan savdo do‘konlariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan. Ammo tadbirkor (investor)lar tomonidan “Damariq” dehqon bozori faoliyatiga asossiz aralashuvi kuzatilgan.
Samarqand viloyati iqtisodiy sudining 2020 yil 22 sentyabrdagi
(4-1401-2003/437-son) appelyasiya instansiyasi qarori bilan shahar prokurorining appelyasiya protesti qisman qanoatlantirilgan.
Jamshid O‘ROQOV,
Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari.