Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarga yechim izlanyapti
Davlat rahbarining joriy yilning 17 iyul kuni o‘tkazgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan viloyatimizda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Samarqand tumanidagi “KAYUMOV STORY INVEST” ma’uliyati cheklangan jamiyatida yarim yilda investitsiya va mahalliylashtirish dasturlari prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmagan.
Bundan tashqari, korxonada ishlab chiqarish hajmlari qisqargan hamda chet davlatlardan import qilingan texnologik uskunalar ishga tushirilmagan.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatida shu kabi 10 ta muammoli tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan faoliyatini to‘xtatgan korxona rahbarlari bilan muloqot o‘tkazilgan.
Ular tomonidan bildirilgan 21 ta masala, jumladan, 3 ta GMP sertifikatini olish, 12 ta import mahsulotlarining ko‘payganligi oqibatida bozorda talab kamayganligi, 2 ta xomashyoning tannarxi oshganligi, 4 ta texnologik uskunalarni o‘rnatish bilan bog‘liq muammolar hokimlik, mas’ul idoralar va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida birma-bir muhokama qilindi.
Natijada import qilingan texnologik uskunalarning o‘rnatilishi bilan bog‘liq 4 ta muammo joyida ijobiy hal etilgan. Boshqa masalalar bo‘yicha muddatlari va mas’ullari aniq belgilangan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olingan.