Test sinovlari: Samarqandda 6 kunda 27 nafar abituriyent imtihondan chetlatildi
- 07.08.2023 11:37
- 109
- Ta’lim
Ayni kunda 2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda.
Bu yilgi test sinovlariga Samarqand viloyatida jami 7 ta bino tanlangan bo‘lib, 91 475 nafar abituriyent imtihonda qatnashish uchun hujjat topshirgan.
Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, 7 avgust kuniga qadar test sinovlariga 40 755 nafar abituriyent qatnashgan bo‘lsa, 3165 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmagan.
Shuningdek, binoga kirishda 3 nafar, test jarayonida 24 nafar, jami 27 nafar abituriyent imtihon qoidalariga rioya etmagani uchun sinovlardan chetlatilgan.
Eslatib o‘tamiz: Samarqandda test sinovlari 13 avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Teglar:
test sinovlari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda suv chiqarish tizimi islohga muhtoj
- Kecha, 18:59
- Samarqand
Mushukni o‘limdan qutqargan qarg‘a
- Kecha, 16:02
- O'qing, qiziq!
Xitoy va KXDR yetakchilari nimalarni imzoladi?
- Kecha, 14:26
- Xorij