Samarqandda 3 nafar abituriyent taqiqlangan vositalardan foydalangani uchun test sinovlaridan chetlatildi
- 14.08.2022 09:45
- 136
- Ta’lim
Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limining Zarnews.uz’ga ma’lum qilishicha, 13 avgust kuni birinchi navbatda qatnashishi kerak bo‘lgan 5460 nafar abituriyentdan 4988 nafari test sinovlarida ishtirok etgan. Ammo 472 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra imtihonga kelmagan.
Ikkinchi navbatda abituriyentlarning 4398 nafari test sinovlariga kelgan bo‘lsa, 1062 nafari turli sabablarga ko‘ra qatnashmagan.
Birinchi va ikkinchi navbatda bir nafardan abituriyent o‘ringa o‘rin kirishga uringani, uch nafar abituriyent tartib-intizomga rioya qilmasdan taqiqlangan vositalardan foydalangani tufayli test sinovlaridan chetlatilgan.
Eslatib o‘tamiz: Abituriyentlar imtihon hududiga test sinovi boshlanishidan 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa