Tishlar sarg‘ayishi nimaning alomati?..
- 30.05.2019 14:47
- 1440
- Salomatlik
Ko‘pchilik tish sarg‘ayishini gigiyenaga yetarlicha amal qilmaganlikda deb tushunadi. Ammo ekspertlar bunday fikrda emas. Ularning izlanish natijalari shuni ko‘rsatdiki, odamning tishlari ko‘p asabiylashish hamda suvning o‘ta sifatsiz turini ichish oqibatida sarg‘ayib ketarkan.
— Tish emali qancha mustahkam bo‘lsa, tishlar shuncha oqligicha saqlanadi. Ularni parvarish qilish uchun og‘iz bo‘shlig‘iga e’tibor qaratish va tish do‘xtiriga bir yilda kamida ikki marta borib turish zarur, - deydi stomatologlar.
Diyetologlar esa tishlar odamning yoshi o‘tgani sari sarg‘ayib borishi mumkinligini aytib o‘tdi. Buning oldini olish uchun kalsiyga boy mahsulotlar, ya’ni, kunjut, tuzlamalar, go‘sht, jigar, yong‘oqni ko‘proq iste’mol qilish kerak bo‘larkan.
Teglar:
tishlar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa