«Titanik»: tasodifmi, bashorat?

Insoniyat tarixida badiiy asarlarda bashorat qilingan va ro‘yobga chiqqan eng mash’um hodisalardan biri 1912 yil 14 apreldan 15 aprelga o‘tar kechasi fojiali halokatga uchragan «Titanik» kemasidir.

Bu fojiali voqea sayyoramiz aholisining ko‘pchiligiga ma’lum. Ammo fojiadan 14 yil avval amerikalik fantast Morgan Robertson o‘zining «Titanik halokati» asarida «Titanik» bilan ro‘y bergan dahshatli hodisaning mayda-chuyda tafsilotlarigacha aniq bayon qilganini hamma ham bilmaydi. Farqi shundaki, asarda kemaning nomi «Titan», halokatga uchragan kema esa «Titanik».

Uydirma va haqiqatda ro‘y bergan fojia kishini hayratga soladi. Har ikkala kema ham o‘z klasslarida eng ulkan layner bo‘lib, hashamatliligi vap - suvda cho‘kmasligi, tez suzarligi bilan aynan o‘xshash. Asarda aysberg bilan to‘qnashib, o‘ng borti ishdan chiqqan «Titan» qismati amaldagi «Titanik» bilan ham sodir bo‘ladi. U ham aysberg bilan to‘qnashadi, u ham o‘ng borti bilan uriladi. Yozuvchining bashorati faqat shugina emas, o‘ylab topilgan kema bilan haqiqatdagisining uzunligi ham mos keladi: asardagi kemaniki 244 metr, haqiqiysiniki 269 metr. Quvur mo‘rilari soni ham bir xil, haqiqiysiniki 269 metr, tezlik ham soatiga 25 mil. Hatto yo‘lovchilar soni ham uncha farq qilmaydi - «Titan»da 3000 kishi «Titanik»da 2200. 

Asardagidek har ikki kemada qutqaruvchi qayiqlar yetishmaydi. Har ikkala kema ham suv o‘tkazmaydigan eshiklar bilan ta’minlangan. Ammo ular yordam bermagan. Bu tasodifmi, bashoratmi? Hozirgacha bu savolga javob yo‘q, deb yozadi «Mir novostey» (2020 y. 11-son) haftanomasi.

T.MUROD tayyorladi.