Isroil Qurolli Kuchlari G‘azo shahrida quruqlik amaliyotini boshladi

Amerikan OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil mudofaa armiyasi (SAHAL) G‘azo shahrini to‘liq nazoratga olish maqsadida quruqlik amaliyotini amalga oshirmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim tumanlarda Isroil harbiy texnikalari, jumladan tanklar kiritilgan. Amaliyot oldidan shahar keng ko‘lamli havo va artilleriya zarbalariga uchradi. Xabar qilinishicha, yarim soat ichida 40 dan ortiq zarba berilgan, bu jarayonda harbiy samolyotlar, vertolyotlar va uchuvchisiz qurilmalar qo‘llanilgan.

Arab OAV tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, natijada 14 ta turar-joy binosi, bir maktab, masjid va mehmonxona vayron qilingan. Shuningdek, shaharning eng baland inshooti — «Al-G‘afri» minorasi ham yo‘q qilingan.

Xalqaro tashkilotlar G‘azoda yuzaga kelgan vaziyat va uning insonparvarlik oqibatlaridan jiddiy tashvish bildirayotgani qayd etilmoqda.