Tojikiston Rog‘un GESning ikkinchi agregatini sentyabrda ishga tushiradi
Tojikiston Rog‘un GESning ikkinchi agregatini sentyabr oyida ishga tushirishni mo‘ljallayapti.
«Biz Rog‘un GESning ikkinchi agregatini mustaqillik bayrami arafasida ishga tushiramiz", degan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonov 26 iyun kuni Rasht tumanida o‘tkazilgan Milliy birdamlik kuni tantanalarida so‘zlagan nutqida.
Prezident Rahmonning aytishicha, Rog‘un GESning ikkinchi agregatining ishga tushirilishi Tojikistonning energetik mustaqilligi uchun muhim qadam bo‘ladi va bu Tojikiston industriyasining rivojlanishi uchun ham muhim ish bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Rog‘un GESning ikkinchi agregati joriy yil, 31 may kunidan buyon "quruq" ishlayapti. Sentyabrdan esa elektr energiya ishlab chiqarishni boshlaydi.
Rog‘un GESning birinchi agregati 2018 yilning 16 noyabr kuni ishga tushirilgan edi. Uni ochilishida katta tantanalar uyushtirilgan va mamlakat prezidenti Emomali Rahmon qatnashgan edi.