Zamonaviy dor yo‘li, kichik GES

Urgut tumanida joriy yil yana qanday yangiliklar kutilmoqda?

Urgut tumani Chorchinor tog‘li hududida qiymati 25 million dollariga teng zamonaviy dor yo‘li va turizm majmuasini barpo etiladi.

2025-2026 yillarga mo‘ljallangan loyiha davlat rahbarining "Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqlangan.

Qarorga asosan "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida joylashgan bo‘sh yer maydonlarida yangi ma’muriy markaz quriladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar tomonidan aylanma Darg‘om kanalida 10 ta kichik GES quriladi.