To‘rt oyoqli chaqaloqning ikki oyog‘i jarrohlik yo‘li bilan olib tashlandi

Yaqinda Surxondaryoda to‘rt oyoq bilan dunyoga kelgan go‘dak Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga olib kelindi. Chaqaloq bir nechta tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilgan.

Markaz shifokorlari murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazib, qo‘shimcha ikki oyoqni olib tashlashdi.
Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Ayni paytda go‘dak shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, uning sog‘lig‘ini tiklash uchun yana bir nechta jarrohlik amaliyotlari rejalashtirilgan.

- Afsuski, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar, ota-onalarning sog‘lom turmush tarziga amal qilmasligi, skrining nazoratidan o‘z vaqtida o‘tmasligi turli nogironlik holatlariga sabab bo‘lmoqda, - deydi markaz kardiojarrohi Niso Turdiyeva. – Garchi keyingi yillarda homilador ayollarni skriningga qamrab olinish foizi ko‘payayayotgan bo‘lsa-da, ammo skrining natijalariga e’tiborsiz qarash holatlari ham ko‘p. Natijada nogironlik bilan tug‘ilish hamon uchramoqda.
Yuqoridagi kabi chaqaloq tug‘ilishi dunyo tibbiyot amaliyotida kamdan-kam uchraydigan holat.