Toshkentdan yangi uy olmoqchi bo‘lgan samarqandlik ayol aldandi
- 11.12.2019 09:48
- 259
- Jinoyat va jazo
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joriy yilning 8 dekabr kuni tuman prokuraturasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 1 avgust kuni Yunusobod tumanida yashovchi, 1952 yilda tug‘ilgan fuqaro T.R. va birga yashovchi jiyani, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro U.R.lar Samarqand viloyatida yashovchi, 1950 yilda tug‘ilgan S.O. ismli ayolga Yunusobod tumanida qurilayotgan yangi turar-joy kompleksidan uy olib berishni va’da qilib, undan 50.000.000 so‘m pulini olganlar. Va, shu kunga qadar bergan va’dalarini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari ko‘rsatilgan.
IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, firibgarlikda gumonlanuvchi fuqarolar T.R va U.R. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa