Nurobodlik ehtiyojmandlar uchun qurilgan 24 xonadonli uy foydalanishga topshirildi

Nurobod tumanidagi Navro‘z mahallasida barpo etilgan shinam va barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi.

“Jomboy kafolat qurilish” MChJ tomonidan qurilgan ushbu zamonaviy ko‘p qavatli uyda 24 ta xonadon mavjud bo‘lib, bino qurilishiga 3 milliard 654 million so‘m mablag‘lar sarflandi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar, kam ta’minlangan fuqarolardan 10 nafariga dastlabki to‘lov pullari to‘lab berildi. Shuningdek, 14 nafar mehnat migranti oilasi, yosh oilalar va uy-joyga ehtiyojmand fuqarolar ham mazkur xonadonlarga ko‘chib o‘tdi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.