Toyloqda ko‘chma savdo yarmarkasi tashkil etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toyloq tumani bo‘limi va tuman davlat soliq inspeksiyasi hamkorligida Elipok mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ko‘chma yarmarka tashkil qilindi.

Yarmarkada fuqarolar zaruriy mahsulotlarni arzon narxlarda xarid qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Jumladan, 3 tonna un (1 qopi 140 ming so‘mdan), 250 litr o‘simlik moyi (5 litri 45-47 ming so‘mdan) xaridorlarga yetkazib berildi. Shuningdek, kartoshka, piyoz, sabzi, tuxum, shakar va boshqa mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yildi.
Bu kabi ko‘chma yarmarka Nayman mahallasida ham tashkil etildi.