Toyloqda xotiniga tazyiq o‘tkazib kelgan er jazoga tortildi

Toyloq tumanida yashovchi fuqaro M.M.ning turmush o‘rtog‘i Z.X. tomonidan muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgani to‘g‘risidagi murojaatnomasiga asosan 2020 yil 22 may kuni fuqaro M.M.ga bir oylik muxlat bilan Toyloq tumani IIB tomonidan "Himoya orderi" berilgan edi.

Z.X. belgilangan cheklovlarni buzib, turmush o‘rtog‘iga nisbatan zo‘ravonlikni davom ettirganligi uchun unga nisbatan hujjatlar to‘planib, Toyloq tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudiga taqdim etildi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 12 iyun kuni sud tomonidan fuqaro Z.X.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.