Toyloqda "marixuana" giyohvandlik moddasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 2 dekabr kuni Toyloq tumani IIB JQB xodimlari Toyloq tumani Payshanba-Siyob mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida ushbu mahallada yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro X.M. tadbirda xaridor sifatida jalb etilgan “Sherbek” ismli shaxsga 23 (yigirma uch) dona yozuvli qog‘ozga alohida-alohida qilib o‘ralgan, taxminan 110 gramm "marixuana" giyohvandlik moddasini 3.400.000 (uch million to‘rt yuz ming) so‘m pulga kelishib, bir dona qora rangli sellofan paketiga solingan yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli, quruq xoldagi “marixuana” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddani qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlandi. Ashyolar tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Samarqand viloyati IIB EKBning ma’lumotnomasiga ko‘ra, X.M.dan tadbirda xaridor sifatida ishtirok etgan “Sherbek” ismli shaxsga sotgan moddalarning tarkibida faol giyohvandlik modda - tetragidrokkannabinol mavjud bo‘lib, bu o‘simlik "marixuana" giyohvandlik moddasi ekanligi va uning sof og‘irligi 108,38 gramga teng ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan X.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu haqda IIV JQBB giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.