Kattaqo‘rg‘onlik spirtlik ichimlikdan sarxush shaxs "o‘ziga javob berolmasligi" ortidan 15 sutkaga qamaldi
Undan ma’muriy qamoq davrida to‘lanadigan xarajatlar uchun har bir sutkasiga bazaviy hisoblash miqdorining 15 foiz miqdorida, jami 607 500 so‘m undiriladi.
Holat Kattaqo‘rg‘on shahridagi mahallalardan birida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni mast holatdagi S.M. yo‘lni ta’mirlayotgan xodimlar va qo‘shnilarni sababsiz nojo‘ya so‘zlar bilan xaqorat qilib, tinchligini buzgan.
Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibi va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlari bilan mayda bezorilik qilib, kamiga ichki ishlar xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan.
Oqibatda 1977 yilda tug‘ilgan, uch nafar farzandning otasi bo‘lgan S.M.ga tegishli jazo tayinlandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining qaroriga ko‘ra, u 15 sutka panja orqasida o‘tiradi.
Undan 607 500 so‘m xarajatlar uchun va bazaviy hisoblash miqdorining
bir baravari - 270 000 so‘m jarima undiriladi.