Toyloqdagi asosiy elektr nimstansiyalarga qo‘shimcha quvvat ulandi

O‘tgan yili tumanning 75 foiz aholisini elektr bilan ta’minlaydigan Bog‘izog‘on nimtansiyasida yuz bergan avariya sabab bir necha kun davomida iste’molchilar elektrsiz qolgandi. Ayni vaqtda mana shu nimstansiyaga ham ikki baravar oshirildi.

Toyloq tumanidagi Adas mahallasida joylashgan 10000 kVt nimstansiyaga qo‘shimcha 6300 kVt quvvat qo‘shilib, jami 16300 kVt yetkazildi. Bu esa Adas, Ravot, Davlatobod va Shopo‘lot mahalalarida yashovchi 15 ming nafar aholi xonadonida elektr ta’minoti yaxshilandi.

- Bog‘izag‘on nimstansiyasi 30 ming kVt quvvatga ega bo‘lib, shu paytgacha tumanning 75 foiz aholisiga elektr quvvati yetkazib bergan, - deydi tuman hududiy elektr ta’minoti bosh muhandisi Bekzod Yusupov jurnalistlar uchun tashkil etilgan press-tur davomida. – Endilikda nistansiya quvvati 72300 kVtga yetkazilib, nafaqat tumandagi, balki Urgut tumanining ham bir qator mahallalaridagi 10 mingdan ziyod xonadonni elektr bilan ta’minlamoqda.    

Tumanda yuqori quvvatli nimstansiyalari soni 3 taga, tarmoqlar uzunligi 1 433 kilometrga yetkazilgan. Jami 902 ta transformatorlar aholining energiya ta’minotini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Tepaqishloq maxallasi “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturi asosida qayta yuz ochmoqda. Qishloq aholisining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha 2 ta 160/10 transformator punkti, 330 dona simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirildi. Qariyb 12 kilometr masofadagi havo tarmoqlari yopiq kabellarga almashtirilmoqda.

Tuman hududiy elektr ta’minoti boshlig‘i Akbar Siddiqovga ko‘ra,  joriy yilda 230,52 kilometr tarmoq va 112 ta transformator punktlarini mukammal ta’mirlashni rejalashtirilgan. Bugungacha 78,2 kilometr tarmoq va 41 dona transformator punkti kapital, 88,4 kilometr yuqori va past havo tarmoq, 38 dona transformator esa joriy ta’mirlangan.

Press-turda joriy yilning o‘tgan davrida iste’molchilarga yetkazib berilgan 276,3 mln.kVt elektr energiyasining 49,73 mln.kVt ya’ni, 16,9 foizi havoda yo‘qolayotgani, 424 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlangani hamda 487 ta hujjat sudlarga o‘tkazilgani haqida ham ma’lumotlar berildi.

Dilmurod TO‘XTAYeV.