Trampga ikkinchi marta suiqasd uyushtirildi, tafsilotlar

Kecha mahalliy vaqt bilan 14:00 da Trampning saylovoldi tashviqoti u yaqin bo‘lgan golf-klub yaqinida o‘q uzilgani, biroq siyosatchiga zarar yetmaganini ma’lum qildi.

Keyinchalik Tramp turgan joy yaqinidagi otishma siyosatga aloqador emasligi aytildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Floridada otishma uyushtirgan kishi Tramga hujum qilishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi.

Gumonlanuvchi siyosatchidan 270-450 metr uzoqlikdagi golf klubi yaqinidagi butalar orasiga yashiringan. Hujumchini maxfiy xizmat xodimlari payqab qolishgan va unga qarata o‘t ochishgan. Erkak narsalarini tashlab mashinada qochishga uringan, biroq u ushlangan. Otishma sodir bo‘lgan joyda optik nishonga ega AK-47 avtomati, ikkita ryukzak va kamera topilgan.

Otishma sodir etgan shaxs maxfiy xizmat xodimi ekanligi taxmin qilinmoqda.

Bayden Tramp xavfsizligini ta’minlash uchun barcha resurslardan foydalanishni buyurgan.