Tramp Ukrainadagi mojaroga 24 soat ichida barham bera olishi va tanklar yetkazib berishning yadroviy xavfi haqida gapirdi
Ukrainadagi mojaro G‘arb tanklarining Kiyevga o‘tkazilishi tufayli yadro urushiga aylanib ketishi mumkin, dedi AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp.
"Avval tanklar, keyin yadro qurollari. Hoziroq bu aqldan ozgan urushni to‘xtating. Buni qilish juda oson", deb yozgan siyosatchi o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Tramp Ukrainadagi vaziyat uchinchi jahon urushiga aylanishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantirgan. Siyosatchining ishonchi komilki, agar u AQSh prezidentligida davom etganida jangovar harakatlar boshlanmasdi.
Bir kun oldin Germaniya hukumati Ukrainaga "Leopard 2" tanklarini yuborishga rozi bo‘ldi. Ikkita tank batalonini tashkil etish rejalashtirilgan, birinchi bosqichda Berlin Bundesver zaxiralaridan 14 ta A6 jangovar mashinadan iborat rotasini yuboradi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ta’kidlaganidek, tanklar Ukrainaga mart oyi oxirida yetib borishi mumkin.
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 24 soat ichida Ukrainadagi mojaroga barham berishga kelishishi mumkinligini aytdi.
"Agar men prezident bo‘lganimda, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush hech qachon ro‘y bermasdi. Lekin hozir ham, prezident sifatida, bu dahshatli urushni 24 soat ichida tugatishga kelishishga qurbim yetardi", - deya Trampning Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi xabaridan iqtibos keltiradi Newsweek.