Turkiy davlatlar tashkiloti komissiyasi til birligini mustahkamlash uchun 34 harfdan iborat umumiy alifboga kelishib oldi
Joriy yilning 9-11 sentyabr kunlari Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) tomonidan tuzilgan Turk dunyosi umumiy alifbosi bo‘yicha komissiyaning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv natijasida 34 ta harfdan iborat umumiy turkiy alifbo loyihasi kelishib olindi.
Uchrashuv Turkiy Akademiya va Turk tili instituti bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad turkiy tillar uchun yagona alifbo loyihasi ustidagi ishlarni yakunlashdan iborat edi. Komissiya 1991 yildagi dastlabki loyihani ko‘rib chiqdi va kerakli o‘zgartirishlar kiritdi.
– Ushbu uchrashuv yakunida 34 ta harfdan iborat umumiy turkiy alifbo taklifi yuzasidan kelishuvga erishildi. Taklif etilayotgan alifbodagi har bir harf turkiy tillarda mavjud bo‘lgan turli fonemalarni ifodalaydi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Turkiy tillar akademiyasi bu voqeaning tarixiy ahamiyatini ta’kidladi. “Umum turkiy alifboni ishlab chiqish turkiy xalqlarning til merosini asrab-avaylash bilan birga o‘zaro tushunish va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi”, — deyiladi bayonotda.
Ushbu loyihani muvofiqlashtirgan Turkiy akademiyaning bosh qarorgohi Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida joylashgan.